«Atletik Bilbao» – «Barselona». Valverde kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 553
Ispaniya chempionatining 1-turidan o'rin olgan “Atletik” hamda “Barselona” uchrashuvidan oldin kataloniyaliklar murabbiyi Ernesto Valverde 19 nafar futbolchidan tashkil topgan kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.
Bular: Mark-Andre ter Shtegen, Nelson Semedu, Jerar Pike, Ivan Rakitich, Serxio Buskets, Filippe Koutino, Luis Suares, Usman Dembele, Rafinya Alkantara, Kleman Langle, Antuan Grizmann, Jordi Alba, Karles Alenya, Serxi Roberto, Frenki de Yong, Samuel Umtiti, Xunior Firpo, Inyaki Penya va Karles Peres.
Murabbiy qaroriga ko'ra, Jan-Kler Todibo, Artur Melo, Musa Vage va Arturo Vidal qaydnomaga kiritilmadi. Lionel Messi va Norberto Murara Neto esa jarohati sababli mazkur bahsni o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!