Zaza Ispaniyaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 401
“Torino” hujumchisi Simone Zaza yana Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “Valensiya”ning sobiq hujumchisiga “Espanol” jiddiy qiziqib qolgan. Jamoa rahbariyati futbolchini “Betis”ga o'tib ketgan Borxe Iglesiavga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli futbolchining “buqalar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!