«Augsburg» to'purari bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 430
Bavariyaliklar Islandiya terma jamoa hujumchisi bilan shartnomani uzaytirdilar.
Alfred Finnbogason "Augsburg" bilan shartnomani 2022-yilning 30-iyungacha uzaytirdi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
30 yoshli hujumchini "Augsburg" safiga 2016-yilning yozida "Real Sosedad"dan 4 mln evro evaziga sotib olingan edi.
Eslatib o'tamiz, avval islandiyalik futbolchi "Lokeren", "Xelsingborg", "Xerenven" va "Olimpiakos" jamoalarida ham to'p surgan.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda Finnbogason Bundesligada 18 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!