Evropa superkubogi — Lempard uchun omadsiz o'yinmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 499
Frenk Lempard murabbiy sifatida ilk sovrinini qo'lga kiritishi mumkin edi. Ammo kecha oqshom bo'lib o'tgan UEFA superkubogi uchun bahsda "Chelsi" "Liverpul"ga imkoniyatni boy berdi.
Bungacha Lempard futbolchilik faoliyati davomida ikki marta Evropa superkubogi uchun o'yinda ishtirok etib, har ikkalasida yutqazgan edi.
Dastlab 2012 yilda "Chelsi" "Atletiko"ga qarshi maydonga chiqib, 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Oradan 1 yil o'tib esa londonliklar "Bavariya"ga bahs olib bordi. O'yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, qo'shimcha bo'limlar avvalida Azar "Chelsi"ni hisobda oldinga olib chiqadi. Ammo 120+1-daqiqada myunxenliklar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishadi. Penaltilar seriyasida esa omad "Bavariya" tomonida bo'ldi 5:4.
Shu tariqa, Frank Lempard futbolchilik va murabbiylik faoliyatida Evropa superkubogini qo'lga kiritish uchun 3ta imkoniyatdan foydalana olmagan.