«Liverpul» – UEFA Superkubogi g'olibi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 673

Hozirgina UEFA Superkubogi yakunlandi. “Vodafon Arena”da kechgan bahsda “Liverpul” penaltilar seriyasida “Chelsi”ni mag'lub etib, UEFA Superkubogi g'olibiga aylandi.
O'yin kutilganidan biroz boshqacha boshladi. O'yinning ilk daqiqalaridanoq “Chelsi” “Liverpul”ni hujumlarga “ko'mib” tashladi. Uchrashuvning 36-daqiqasida Pulishichning ajoyib pasidan keyin Olive Jiru “ko'klar”ni hisobida oldinga olib chiqdi. Oradan 12 daqiqa o'tgach Sado Mane oradagi farqni qisqartirdi. Birinchi bo'limda muhlislar boshqa gol ko'rishmadi.
Ikkinchi bo'limni mersisaydliklar faolroq boshladi. Keyinchalik “Chelsi” yana 2ta gol urgan edi, ammo hakam off-sayd deya e'tirof etdi. O'yinning asosiy vaqtida jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi.
Qo'shimcha bo'limning 96-daqiqasida Sado Mane yana bir bor o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Oradan 4 daqiqa o'tib, Jorjino penaltini aniq amalga oshirib, yana hisobni tenglashtirdi. Jamoalar boshqa gol ura olishmadi va g'olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo'ldi. Penaltilar seriyasida omad “Liverpul”ga kulib boqdi. Adrian Abraham penaltisini qaytarishga erishdi.
Liverpul Angliya – Chelsi Angliya 2:2
Penaltilar seriyasi: 5:4
Golii: 0:1 – 36 Jiru, 1:1 – 48 Mane, 2:1 – 95 Mane, 2:2 – 101, penalti Jorjino.
Liverpul – Adrian, van Deyk, Matip, Robertson (Aleksander-Arnold, 90), Gomes, Xenderson, Milner (Veynaldum, 64), Oksleyd-Chemberlen (Firmino, 46), Fabino, Mane (Origi, 103), Saloh.
Chelsi – Arrisabalaga, Zuma, Kristensen (Tomori, 85), Emerson, Aspilikueta, Kovachich (Barkli, 101), Jorjino, Pulishich (Maunt, 74), Kante, Pedro, Jiru (Abraxam, 74).
Ogohlantirishlar: Aspilikueta (79), Xenderson (85), Aleksander-Arnold (107).

Bosh sahifaga
325