Zanolo «Roma» bilan yangi shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 664

“Roma” yarim himoyachisi Nikolo Zanolo “bo'rilar” bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqida Football-Italia nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi 2024 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi. Uning maoshi 700 ming evrodan 2,5 million evroga oshirildi.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli futbolchi 2018 yil “Inter”dan ko'chib o'tgan. O'tgan mavsum u 36ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan. Avvalroq, futbolchiga “Yuventus” klubi qiziqayotgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
321