Dzyudo bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi tarkibimiz aniq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 511
Dzyudo o'z vataniga qaytmoqda. Yaponiyaning Tokio shahri 25 avgust – 1 sentyabr kunlari dzyudo bo'yicha navbatdagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Mazkur dunyo birinchiligi kelasi yili aynan ushbu shaharda bo'lib o'tadigan navbatdagi Olimpiya o'yinlariga eng yirik litsenzion ochko beruvchi musobaqa bo'lgani uning ahamiyatini yana bir karra ko'tarib beradi. Sayyoramizning 152 mamlakatidan 1000 ga yaqin dzyudo ustalari tashrif buyuradigan jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi ham o'zining optimal tarkibi bilan ishtirok etadi. E'tiboringizga musobaqada qatnashadigan vakillarimiz ro'yxatini havola qilamiz:
-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev
-60 kg: Diyorbek O'rozboev
-66 kg: Shahram Ahadov
-66 kg: Sardor Nurillaev
-73 kg: Hikmatilloh To'raev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev
-90 kg: Yahyo Imomov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
Hamyurtlarimiz ertaga Yaponiyaning Maydzuru shahriga yo'l olishadi. Terma jamoamiz u erda 1 haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inini olib boradi va 23 avgust kuni Tokio shahriga etib keladi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bo'lajak mas'uliyatli musobaqada terma jamoamiz vakillariga ulkan g'alabalar yor bo'lishini tilab qoladi.