Rasman! Perishich "Bavariya" futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 396
Nemis klubi mavsum oxirigacha yarim himoyachini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oldi.
"Bavariya" rasmiy tvitterida yozilishicha, "Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich nemis klubiga kelib qo'shildi.
Myunxenliklar futbolchini 20 mln evroga sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oldi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi "A" Seriyaning 34 ta uchrashuvida 8 ta gol va 5 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!