«Manchester Yunayted» himoyachisi «Inter»ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 479
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian faoliyatini "Inter"da davom ettiradi.
"Inter" klubi futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Football Italia Rai Sport nashriga tayanib.
Manchester klubi 29 yoshli italiyalik futbolchini qo'yib yuborishga rozi bo'ldi.
Bosh murabbiy Ule Gunnar Sulsher himoyachini jamoa tarkibida ko'rmayapti.
Ma'lumot uchun, Darmian 2015 yildan beri "Manchester Yunayted"da to'p surib kelmoqda.
Eslatib o'tamiz, himoyachi o'tgan mavsumda Angliya chempionatida atigi 6 ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!