«Barselona» darvozaboni safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 479
«Barselona» darvozaboni Neto jarohat tufayli safdan chiqdi, deya xabar tarqatdi Mundo Deportivo.
Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchining chap qo'lining bilagi singan. 30 yoshli futbolchining tiklanishi uchun 5 hafta vaqt kerak bo'ladi.
«Barsa» ushbu yozgi transfer paytida Netoni «Valensiya»dan 26 million evroga sotib olgan edi. Valensiyaliklar turli bonuslar orqali yana 9 million evro olishlari mumkin. Klub va o'yinchi o'rtasida tuzilgan shartnoma 2023 yilga qadar amalda bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!