Grizmann: "Men «Barselona» safida birinchi golimni urganimdan juda xursandman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 391
Frantsiyalik futbolchi Kataloniya klubidagi kelajagi haqida fikr bildirib o'tdi.
"Barselona"ning yangi futbolchisi Antuan Grizmann jamoa safidagi o'zining birinchi golidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
" «Barselona» safida birinchi golimni urganimdan juda xursandman. Umid qilamanki, bu kelajakda urilgan ko'plab gollardan birinchisi. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat. Men jamoaga yordam berishni juda xohlayman va kelgusi o'yinlarda yordam beraman degan umiddaman. Men yangi talab va shartlarga ko'nikishga harakat qilaman" - deb aytib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, bugun tunda "Barselona" "Napoli" bilan o'rtoqlik uchrashuvida 4:0 hisobida g'alaba qozondi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!