Messi mavsumning dastlabki qismini o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 631

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoa hujumchisi Lionel Messi jarohatidan qachon to'liq tiklanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«U tiklanmoqda. Mavsumning dastlabki o'yinigacha u tayyor bo'ladimi yoki yo'qmi, bilmayman. Hozircha vaziyat aniq emas», – dedi Valverde.
Bir hafta avval Messi mashg'ulot paytida to'pig'idagi mushagini jarohatlab olgan edi. Shu bois, u "ko'k-anorranglilar"ning AQShdagi safariga yo'l olmadi.
Kataloniyaliklar Ispaniya chempionatining 1-turini 16 avgust, juma kuni Bilbaoda "Atletik"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226