«Milan» Susoning narxini belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 595

"Milan" 25 yoshli yarim himoyachini 30-35 mln evroga sotishga tayyor.
Italiyaning "Milan" klubi ispaniyalik yarim himoyachi Susoni sotmoqchi. Bu haqda Tuttosport xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, klub rahbariyati Suso uchun 30-35 mln evro to'lashga tayyor xaridorni topish uchun agent yo'llagan. Futbolchiga "Lion" va "Roma" qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda Suso "Milan" safida 41 ta o'yinda, 8 ta gol urdi va 9 ta gollik uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276