Leonardo: «Neymarning «PSJ»dan ketishi borasida muzokaralar oldinga siljimoqda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 423
«PSJ» sport direktori Leonardoning ta'kidlashicha, hujumchi Neymarning jamoadan ketishi borasidagi muzokaralar oldinga siljish jarayonida.
«Muzokaralar siljimoqda. Ko'ramiz, nima bo'larkan. Uning kelajagiga oydinlik kiritish — barchamiz uchun kerak», – dedi Leonardo.
Parijliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel Frantsiya chempionatining 1-turi doirasida 11 avgust bo'ladigan «Nim»ga qarshi o'yin qaydnomasiga braziliyalik futbolchini kiritmadi.
Hozirda Neymarni qo'lga kiritish uchun «Barselona» va «Real» klublari kurash olib borishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!