APL. VAR foydasini bera boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 565

Mayk Din tarixda APLda videolavhadan foydalangan birinchi hakam bo'ldi.
Bu "Vest Xem" va "Manchester Siti" o'rtasidagi APLning birinchi tur uchrashuvida yuz berdi.
53-daqiqada Rahim Sterling tomonidan oshirilgan pasdan so'ng Gabriel Jesus to'pni "Vest Xem" darvozasiga joylab qo'ydi, ammo hakam videolavhani tomosha qilganidan keyin gol bekor qilindi. Braziliyalik futbolchi kichik ofsaydda edi.
76-daqiqada hakamlar Raxim Sterling qoidalarga muvofiq to'p kiritganmi yoki yo'qligini tekshirishdi, ammo bu safar hammasi toza bo'lib chiqdi.
"Liverpul" va "Norvich" o'rtasidagi APLning yangi masvumning birinchi uchrashuvida (4:1) hakamlarga VARning yordami kerak bo'lmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203