Quvaytdagi Osiyo chempionatida tarixiy natija qayd etgan bokschilarimiz Toshkentda tantanali kutib olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 457

Xabaringiz bor, 1-8 avgust kunlari Quvaytda boks bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. Musobaqada o'zbekistonlik yosh charm qo'lqop ustalarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
14 ta vazn toifasida tashkil etilgan bahslarda 14 nafar bokschimiz sovrindorlar qatoridan o'rin oldi. Ushbu medallarning 10 tasi oltin ekanligi, mazkur natija qay darajada muvaffaqiyatli ekanligini ko'rsatib turibdi.
Bugun ushbu musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Yarim tun bo'lishiga qaramay, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti Osiyo chempionati qahramonlari sabab gavjum bo'ldi. Tantanali kutib olish marosimida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz, musobaqada sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
Oltin:
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov
-40 kg: Farrux To'laganov
-43 kg: Umidillo Abdurasulov
-46 kg: Boburbek Bobojonov
-49 kg: Lazizbek To'lqinov
-52 kg: Dalerjon Bozorov
-55 kg: Jahongir Narziev
-61 kg: Mirzob Nekboev
-64 kg: Shavkatjon Boltaev
Kumush:
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
-67 kg: Shahboz Hamidullaev
Bronza:
-70 kg: Aynazar Kenesbaev
+70 kg: Husanboy Rihsiboev

Bosh sahifaga
211