Sane qancha muddatga safdan chiqqani aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 577
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Leroy Sane qancha muddatda safga qaytishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
«Sanening jarohati – juda yomon xabar. U qancha vaqt maydonga tusha olmasligini bilmayman. O'ylashimcha, uning tiklanishi uchun olti yoki etti oy vaqt kerak bo'ladi. Ehtimol, fevral yoki mart oyida safga qaytsa kerak», – dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, Sane chap oyog'ining tizza bo'g'imidan jarohat oldi. 23 yoshli futbolchi kelasi haftada jarrohlik stoliga yotadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!