«Liverpul» mavsumni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 532
Angliya premer-ligasining yangi mavsumi start oldi. O'tgan mavsum vitse-chempioni — " Liverpul" o'z maydonida "Norvich"ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Mersisaydliklar tanaffusga qadar o'yin taqdirini hal qilib qo'yishdi. Mavsumning dastlabki golini mehmonlar futbolchisi Grant Xenli o'z darvozasiga urgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmasdan Muhammad Saloh, Virjil van Deyk va Divok Origi o'z hisoblariga bittadan gol yozishdi. "Norvich" ikkinchi bo'lim o'rtalarida bitta to'p kiritdi, xolos.
Shu tariqa, Yurgen Klopp shogirdlari yirik hisobda g'alaba qozonib, 3 ochkoni o'z hisoblariga qo'shib qo'yishdi.
Angliya premer-ligasi, 1-tur
Liverpul – Norvich 4:1 (4:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 7, avtogol Xenli, 2:0 – 19 Saloh, 3:0 – 28 van Deyk, 4:0 – 42 Origi, 4:1 – 64 Pukki.
Liverpul – Alisson (Adrian, 39), Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Robertson, Xenderson, Fabino, Veynaldum, Saloh, Firmino (Milner, 86), Origi (Mane, 74).
Norvich – Krul, Aarons, Xenli, Godfri, Lyuis, Maklin, Tribull (Ernandes, 70), Buendia, Shtipermann (Lyaytner, 58), Kentuell, Pukki (Drmich, 83).
Ogohlantirishlar: Lyaytner (60), Buendia (65).