"Barselona" vingeri Lamin Yamal Ispaniya La Ligasidagi o'zining 100-uchrashuvini o'tkazmoqda.

Yamal chempionatning 31-turidan o'rin olgan "Espanol"ga qarshi bahsda (2:0, birinchi bo'lim) asosiy tarkibda maydonga tushdi va Ferran Torresning ikkala goliga ham assistentlik qilishga ulgurdi.

Shu tariqa, 18 yoshu 272 kunlik Lamin Yamal La Ligada 100 ta o'yin o'tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi va afsonaviy Raulning rekordini (19 yosh, 284 kun) yangiladi.

La Ligada 100 ta o'yin marrasiga eng erta etgan futbolchilar kuchli beshligi:

Futbolchi Yoshi
1 Lamin Yamal 18 yosh, 272 kun
2 Raul 19 yosh, 284 kun
3 Iker Muniain 19 yosh, 293 kun
4 Xoseba Echeberriya 20 yosh, 177 kun
5 Boyan Krkich 20 yosh, 203 kun