Shkrtel EChL ishtirokchisi safiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 598
“Liverpul” sobiq himoyachisi faoliyatini “A” Seriyada davom ettiradi.
Martin Shkrtel “Atalanta” a'zosiga aylandi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
34 yoshli futbolchi Italiya klubi safiga erkin agent sifatida borib qo'shildi. Futbolchi yangi jamoasi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi “Atalanta” safida 1 million evro maosh oladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum futbolchi “Fenerbaxche” safida 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 1ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!