Jeko «Inter» futbolchisiga aylanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 433
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "Roma" hujumchisi Edin Jeko "Inter" futbolchisiga aylanishi mumkin.
"Neradzurri"lar bosniyalik futbolchi bilan kelasi hafta shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Futbolchining taxminiy transfer qiymati 20 mln evroni tashkil qiladi.
Avvalroq, Jeko Rim klubida qolishni istamayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda 33 yoshli hujumchi "A" Seriyada 33 ta o'yinida maydonga tushib, 9 ta gol va 7 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!