Lukas Moura «Tottenxem» bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 508

«Tottenxem» yarim himoyachisi Lukas Moura klub bilan shartnomani uzaytirdi. 26 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma 2024 yilga qadar mo'ljallangan. Bu haqda londonliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Braziliyalik futbolchi 2018 yilning yanvar oyidan beri «Tottenxem» sharafini himoya qilib kelmoqda. U 28.5 million evro evaziga «PSJ»dan xarid qilingan edi.
U shu paytgacha «shporlar» safida 60ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urdi va 6ta golga uzatma berdi. Lukas Mouraning "xet-trik"i evaziga «Tottenxem» Evropa chempionlar ligasi yarim finalida «Ayaks» to'sig'idan o'tib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
166