«Manchester Siti»ning yangi sardori e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 485

«Manchester Siti» klubining yangi sardori nomi e'lon qilindi. Bu haqda klubning Tvitterdagi rasmiy sahifasi xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, yarim himoyachi David Silvaga sardorlik bog'ichi topshirildi. 2011-2019 yilgacha sardorlik vazifasini Vensan Kompani bajarib kelgan edi. U esa yozda o'zining sobiq jamoasi "Anderlext"ga o'tib ketdi.
David Silva 2010 yildan beri "Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. U mankunianliklar safida 395ta o'yinda maydonga tushib, 70ta gol urgan. Uning hisobida 4ta Angliya chempionligi, 2tadan Angliya kubogi va Angliya superkubogi hamda 4ta Angliya liga kubogi mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167