Balotelli «Flamengo»da qancha maosh olishi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 588

Italiya terma jamoasi hujumchisi Mario Balotelli «Flamengo»ga o'tishga yaqin turibdi.
28 yoshli futbolchi hozirda shartnomani rasmiylashtirish uchun o'zining hujjatlarini Braziliya klubiga taqdim etmoqda. Tomonlar ayni paytda futbolchining qiyofa huquqini ham muhokama qilishmoqda.
Balotelli «Flamengo» safiga erkin agent sifatida qo'shiladi va 2021 yilning dekabr oyiga qadar bo'lgan shartnomaga imzo chekadi. Bu vaqt davomida Mario 15 million evro (taxminan yiliga 6 million evro) daromad oladi.
Balotelli yakunlangan mavsumni «Nitstsa» va «Marsel» klublari safida o'tkazib, Frantsiya chempionatida 25ta o'yinda maydonga tushdi. Bu o'yinlarda u 8ta gol urib, bitta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187