«Manchenster Siti» tasdiqladi: Sane operatsiya qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 559
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Leroy Sanening o'ng tizzasi bo'g'imi jarohatlanganini klub rasman tasdiqladi.
23 yoshli futbolchi 4 avgust kuni bo'lib o'tgan «Liverpul»ga qarshi Angliya superkubogi bahsida (1:1, 5:4 – penaltilar bo'yicha) jarohat olib, maydonni tark etgan edi.
Germaniyalik futbolchi kelasi haftada operatsiya qilinadi. Sane to'liq tiklanishi uchun qancha vaqt talab etilishi haqida hozircha aniq ma'lumot berilmayapti.
Futbolchiga «Bavariya» klubi jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Myunxenliklar endi bu transferdan voz kechishidami yoki yo'q, bunisi noma'lum.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!