O'smirlarimiz o'zbek boksi tarixida yangi sahifa ochishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 669
Quvaytda boks bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.
Mazkur musobaqa 14 vazn toifasida o'tkazilgan bo'lib, ulardan 12 tasida terma jamoamiz vakillari finalga chiqqan. Biroz avval musobaqaning barcha janglari yakuniga etdi.
Quvonarlisi, 12 nafar bokschimizdan 10 tasi final jangida g'alaba qozonib, o'z vazn toifasida Osiyo chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo'ldi. Shu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi vakillari ushbu qit'a birinchiligida 10 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medallari bilan yurtimizga qaytib kelishadi. Bunday natijadan keyin umumjamoa bo'yicha raqamlarga e'tibor berishga hech hojat yo'qki, vakillarimiz bu borada, shubhasiz, birinchi! Bugun o'tkazilgan final janglarining natijalari:
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov – Bekzat Ergeshov (Qirg'iziston)
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov – Aryan (Hindiston)
-40 kg: Farrux To'laganov – Alisher O'rozboev (Turkmaniston)
-43 kg: Umidillo Abdurasulov – Dovlet Nurmurodov (Turkmaniston)
-46 kg: Boburbek Bobojonov – Lofrantso Reymond (Filippin)
-49 kg: Lazizbek To'lqinov – Vishvakarma Vinay (Hindiston)
-52 kg: Dalerjon Bozorov – Amangeldi Maksudov (Qirg'iziston)
-55 kg: Jahongir Narziev – Malik Prit (Hindiston)
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov – Singx Yashvardxan (Hindiston)
-61 kg: Mirzob Nekboev – Viktor Litvinov (Qozog'iston)
-64 kg: Shavkatjon Boltaev – Saini Guarov (Hindiston)
-67 kg: Shahboz Hamidullaev – Batirxan Boltaev (Qozog'iston)
Musobaqada oltin medalni qo'lga kiritgan bokschilarimiz:
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov
-40 kg: Farrux To'laganov
-43 kg: Umidillo Abdurasulov
-46 kg: Boburbek Bobojonov
-49 kg: Lazizbek To'lqinov
-52 kg: Dalerjon Bozorov
-55 kg: Jahongir Narziev
-61 kg: Mirzob Nekboev
-64 kg: Shavkatjon Boltaev
Kumush medal egalari:
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
-67 kg: Shahboz Hamidullaev
Bronza medal egalari:
-70 kg: Aynazar Kenesbaev
+70 kg: Husanboy Rihsiboev
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bunday yuksak natija bilan O'zbekiston boks federatsiyasi, o'smirlar terma jamoasi va murabbiylar shtabini muborakbod etadi.