Saudiya klubi futbolchisi: "Bizga Levandovski kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

"Abha" yarim himoyachisi Saad Bgir o'z jamoasida "Barselona" yulduzi Robert Levandovskini ko'rishni istamoqda.
Ishonchli ma'lumotlarga ko'ra, polshalik hujumchi yozda Saudiya Arabistonidan takliflar olgan, biroq "Barselona"da o'ynashni davom ettirish istagi tufayli rad javobini bergan. Biroq, Bgirning fikricha, "Abha" 35 yoshli futbolchini kelajakda o'z safiga jalb qilishga harakat qilishi kerak: "Bizga yuqori saviyali futbolchilar kerak - masalan, Levandovski. Klub iloji bo'lsa, bunday xaridlarni ko'rib chiqishi kerak", - deya 29 yoshli tunislik so'zlarini keltiradi Sport nashri.
“Abha” Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida etti turdan keyin 13-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257