"Barselona" yaqin orada de Yong bilan muzokaralarni boshlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
Niderlandiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi, ammo "Barselona" yarim himoyachi bilan yangilangan shartnoma tuzmoqchi. Jurnalist Fernando Polo xabariga ko'ra, Kataloniya klubi vakillari tez orada de Yongning agenti bilan uchrashib, shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borishadi. Qayd etilishicha, 26 yoshli futbolchi “ko'k-anorranglilar” rahbariyati bilan yaxshi munosabatda.
Frenki de Yong joriy mavsumda ettita o'yinda bitta gol urdi. Yaqinda kataloniyaliklar yarim himoyasi etakchisi jarohat oldi, shu sababli u oktyabr oyi oxirigacha maydonga tushmasligi mumkin.

Bosh sahifaga
293