18 yoshli belgiyalik uchun grandlar kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

"Antverpen" klubi yarim himoyachisi Artur Vermerenga bir qancha top-klublar qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaga ko'ra, "Barselona" 18 yoshli belgiyalik futbolchining o'yinini kuzatish uchun allaqachon bir necha bor skautlarni yuborgan. Undan tashqari “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Brayton”, “Ayaks” va “Leyptsig” klublari da'vogarlik qilmoqda.
Vermeren markaziy yarim himoyachi sifatida o'ynaydi. U o'tgan yili "Antverpen"da debyut qilgan. O'shandan beri futbolchi jamoa safida 46 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219