Gattuzo qaysi taktikani yaxshi ko'rishini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80

"Marsel"ning yangi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoasi to'pga egalik qilishini xohlashini aytdi.
"Men 4 o'yinchidan iborat ikkita chiziq 4-4-2 sxemasi muxlisi emasman. Men 4-3-3 yoki 4-2-3-1 ni afzal ko'raman. Lekin barchasi bizdagi futbolchilarga bog'liq. Men to'pga egalik qilish bilan o'ynashni xohlayman. Marselino yaxshi ish qildi, biroq men o'yinni undan ko'ra boshqacha tasavvurga egaman", - deya Gattuzoning so'zlarini keltiradi RMC.
Italiyalik mutaxassis ushbu haftada Provans jamoasini qabul qilib oldi. Jamoa 6 turda 9 ochko to'pladi va Liga 1 turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268