KONMEBOL Braziliya termasi etakchisini diskvalifikatsiya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 476

Braziliya milliy jamoasi iyul oyida Amerika Kubogi finalida Peruni 3:1 hisobida engib, bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi.
O'yinning 70-daqiqasida hujumchi Gabriel Jezus raqibining oyog'iga juda qattiq tepdi va qizil kartaga loyiq ko'rilib, maydondan chetlatildi. Biroq u hakamning qaroridan norozi bo'lib, uni pora olganlikda ayblovchi ishorani qildi.
KONMEBOL ahloq qo'mitasi futbolchining bu qilig'ini o'rganib chiqdi va 30 ming dollar miqdorida jarimaga tortdi. Bundan tashqari, milliy jamoa o'yinlaridan ikki oyga chetlatdi, deb xabar beradi ESPN.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211