Dibala «Tottenxem»ga o'tmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 513

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Paulo Dibala “Tottenxem”ga o'tmaydi.
BBC nashrining xabar berishicha turinliklar “shporlar”ning barcha takliflariga rad javobini qaytarishgan.
Avvalroq, “Tottenxem” Dibalaning transferi borasida “Yuventus” bilan kelishib olgani xabar qilingan edi. Biroq haqiqatda bunday bo'lib chiqmadi.
Manbaning xabar berishicha, “keksa sinora” qisqa vaqt ichida Dibalaga o'rinbosar topa olmasligini sezib argentinalik futbolchini sotishga rozi bo'lmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262