«Chelsi» himoyachisi nomaqbul xatti-harakatlari uchun ayblanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43

Angliya futbol associatsiyasi «Chelsi» himoyachisi Ris Jeymsni aybladi.
Futbolchi o'yin rasmiysiga nisbatan qo'pol muomala va nomaqbul xatti-harakatlar qilganlikda ayblanmoqda.
Voqea «Aston Villa»ga qarshi o'yindan so'ng («Chelsi» 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan) tribunada yuz berdi.
«Chelsi» sardori Ris Jeyms 29 sentyabrgacha ayblovlarga javob berishi kerak.
Aytish joizki, Ris Jeyms «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushmadi – «Chelsi» himoyachisi jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
Jeyms turli turnirlarda «aristokratlar»ning ettita o'yinini o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!