«Real» va «Barselona» «Atletik» hujumchisi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56

«Atletik» hujumchisi Niko Uilyamsga La Liga grandlari «Real» va «Barselona» qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda Goal portali Ispaniyaning Sport nashriga tayanib xabar bermoqda.
Uilyamsning «Atletik» bilan amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi, ya'ni forvard kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin. 21 yoshli futbolchi haligacha basklar bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'lmagan.
Shu bilan birga, Niko Uilyamsga Angliya premer-ligasining ayrim klublari ham qiziqish bildirayotgani qayd etilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!