Lukakuning «Inter»da yiliga qancha ishlab topishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 447
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku transferining yangi tafsilotlari ma'lum bo'ldi.
Futbolchi Milan klubi bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolaydi, deb xabar beradi Corriere dello Sport.
26 yoshli belgiyalik futbolchining maoshi yiliga 9 million evroni tashkil qiladi.
Transfer 80 millionga baholanmoqda.
Ma'lumot uchun, 2018/19 yilgi mavsumda Romelu Lukaku "Manchester Yunayted" safida 45 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta gollik uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!