O'n ikki nafar bokschimiz Osiyo chempionligi uchun ringga chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 346
Quvaytda o'tkazilayotgan boks bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida final yo'llanmasini qo'lga kiritgan sportchilar nomi ma'lum bo'ldi.
Xabar berganimizdek, yarim final bosqichiga bokschilarimiz to'liq tarkib bilan (14 vazn toifasida) etib kelishgan edi. Yakunda ularning 12 nafari Osiyo chempionatining final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Vakillarimizdan og'ir vazn toifasidagi ishtirokchilarimiz yarim finalda hindistonlik bokschilarga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Batafsil:
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov – Daniyar Rozmetov (Turkmaniston) 4:1
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov – Ruslan Gafurov (Tojikiston) 5:0
-40 kg: Farrux To'laganov – Amir Seilxan (Qozog'iston) 5:0
-43 kg: Umidillo Abdurasulov – Baxtiyar Anarbaev (Qozog'iston) 3:2
-46 kg: Boburbek Bobojonov – Darxan Nurjigit (Qozog'iston) 5:0
-49 kg: Lazizbek To'lqinov – Sultan Moldash (Qozog'iston) 5:0
-52 kg: Dalerjon Bozorov – Shaxboz Dadajonov (Tojikiston) 5:0
-55 kg: Jahongir Narziev – Farhani Alirizo (Eron) 5:0
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov – Beksultan Kimsanov (Qirg'iziston) 5:0
-61 kg: Mirzob Nekboev – Baiel Samidin Uulu (Qirg'iziston) 5:0
-64 kg: Shavkatjon Boltaev – Jandos Ersultanov (Qozog'iston) 5:0
-67 kg: Shahboz Hamidullaev – Alsarxid Abdulaziz (Quvayt) 5:0
-70 kg: Aynazar Kenesbaev – Jon Bharat (Hindiston) 1:4
+70 kg: Husanboy Rihsiboev – Randip (Hindiston) 2:3
Bugun bo'lib o'tadigan final bellashuvida ringga ko'tariladigan bokschilarimiz ro'yxati esa quyidagicha:
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov – Bekzat Ergeshov (Qirg'iziston)
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov – Aryan (Hindiston)
-40 kg: Farrux To'laganov – Alisher O'rozboev (Turkmaniston)
-43 kg: Umidillo Abdurasulov – Dovlet Nurmurodov (Turkmaniston)
-46 kg: Boburbek Bobojonov – Lofrantso Reymond (Filippin)
-49 kg: Lazizbek To'lqinov – Vishvakarma Vinay (Hindiston)
-52 kg: Dalerjon Bozorov – Amangeldi Maksudov (Qirg'iziston)
-55 kg: Jahongir Narziev – Malik Prit (Hindiston)
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov – Singx Yashvardxan (Hindiston)
-61 kg: Mirzob Nekboev – Viktor Litvinov (Qozog'iston)
-64 kg: Shavkatjon Boltaev – Saini Guarov (Hindiston)
-67 kg: Shahboz Hamidullaev – Batirxan Boltaev (Qozog'iston)