«Barselona» himoyachisi «Arsenal»ga o'tishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359
"Barselona" himoyachisi Samyuel Umtiti yozda jamoani tark etishi mumkin, deya xabar beradi El Mundo Deportivo.
OAV xabariga ko'ra, 25 yoshli frantsiyalik futbolchi faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin.
Avvalroq, "Manchester Yunayted" Umtitiga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, 7-avgust kuni himoyachi Loran Koselni "Arsenal"dan "Bordo"ga ko'chib o'tdi.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Umtiti "Barselona" safida 15 uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Transfermarkt.de portali himoyachini 45 million evroga baholamoqda.
Futbolchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!