«Galatasaroy» – Turkiya Superkubogi sohibi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 484

Turkiya Superkubogi doirasida «Galatasaroy» va «Oqhisor Belediespor» jamoalari to'qnash kelishdi. O'yin Anqaradagi «Eryaman» o'yingohida bo'lib o'tdi va unda Istanbul klubi minimal hisobda g'alaba qozondi.
Yagona to'p «Galatasaroy» yarimhimoyachisi Yunes Belanda tomonidan 38-daqiqada kiritildi.
Shu bilan «Galatasaroy» 16-marta Turkiya Superkubogini qo'lga kiritib, bu borada rekordchiga aylandi.
«Oqhisor Belediespor»-«Galatasaroy» 0:1
Gol: Belanda – 39
«Oqhisor Belediespor»: Degirmenchi, Yunlyu, A.Babadjan, Kelesh, Kokalich, Vrshaevich, Cheviker (Ataseven, 81), Djelenk (Bayyar, 70), Rotman, Esher (Ayik, 64), Byarnason
«Galatasaroy»: Muslera, Luyindama, Mariano, Teysheyra, Nagatomo, Belanda (Donk, 90+1), Durmaz (Feguli, 81), Seri, Inan, Byuyyuk (Mor, 72), Babel
Ogohlantirishlar: Byarnason, 34, Yunlyu, 56, Bayyar, 80 - Belanda, 66, Mariano, 66

Bosh sahifaga
348