Rasman! «Manchester Siti» Kanselo transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 384
“Yuventus”ning portugaliyalik himoyachisi Joau Kanselu rasman “Manchester Siti” a'zosiga aylandi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.
Futbolchi “shaxarliklar” bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi. Futbolchining transferi 65 million evroga tushdi. Qolaversa, “Manchester Siti” Daniloni “Yuventus”ga 37 million evroga sotib yubordi.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Kanselo “Yuventus” safida 2018 yildan buyon to'p surib keladi. O'tgan mavsum u 34ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 1ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!