Andrey Kanchelskis: «Hokim kimni maydonga tushirish yo tushirmaslikni aytardi yoki hisobni buyurtma qilardi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 444
“Navbahor” sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Match Tv telekanaliga intervyu berib o'tdi.
Hokim kiyinish xonasiga ham kirardi, tanbeh berardi: «Sizlar qanaqa futbol o'ynayapsiz?!» O'yinlardan birining dastlabki bo'limi 0:0 hisobida tugadi, keyingi 45 daqiqalikda esa javobsiz uchta gol urib, g'alaba qozondik. Hokim o'shanda ushbu muvaffaqiyat uning xizmati ekani, tanaffus paytidagi koyishlar ish berganini ta'kidlagandi.
Hokim o'yindan oldin qo'ng'iroq qilishi mumkin: «Mana bu futbolchini emas, mana bunisini tarkibga kirit». Yoki hisobni buyurtma qilardi: «Bugun 3:0 hisobida g'alaba qozonishingiz kerak..
Namanganga kelganimda, “Navbahor” to'p suradigan maydon holati achinarli ahvolda edi. Mendan oldin “Navbahor”da ishlagan murabbiylar, chempionat etakchilariga qarshi o'yin oldidan maydonga teginmaslikni so'rashgan va kuchli raqiblarning kombinatsion o'yin namoyish eta olmasligiga sabab bo'lgan. Keyin esa yangi maydon yotqizildi.
...Shunday mavsumlar bo'lganki, jamoa safarda atigi ikki ochko olgan. Bunga nima sabab? Ular noto'g'ri futbol o'ynashgan. So'ng murabbiyga jarima jazosi belgilanib, u besh yilga diskvalifikatsiya qilingan”, -deyi Kanchelskis.