«Napoli» Copa America to'purarini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 357
"Napoli" "Gremio" hujumchisi Everton Soaresga qiziqish bildirmoqda.
Italiya klubi 23 yoshli braziliyalik futbolchini sotib olishga tayyor, deya xabar beradi La Gazzetta dello Sport.
"Gremio" Everton transferidan 40 million evro ishlab olmoqchi.
Shuningdek, Braziliya klubi futbolchining keyingi transferidan foiz olish niyatida.
Ma'lumot uchun, Everton bu yil "Gremio" tarkibida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 1 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!