14 nafar bokschilarimiz Osiyo chempionatining final yo'llanmasi uchun jang qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 277
Quvaytda boks bo'yicha o'smirlar o'rtasida o'tkazilayotgan Osiyo chempionati bir kunlik dam olishdan so'ng yana davom etadi.
Bugun musobaqaning yarim final bellashuvlari bo'lib o'tadi. Xabar berganimizdek, ushbu bosqichga terma jamoamiz to'liq tarkib bilan etib kelgan. O'tkazilayotgan barcha vazn toifalarida bokschilarimiz bugun final yo'llanmasi uchun jang qilishadi. Yarim finalda ringga chiqadigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov – Daniyar Rozmetov (Turkmaniston)
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov – Ruslan Gafurov (Tojikiston)
-40 kg: Farrux To'laganov – Amir Seilxan (Qozog'iston)
-43 kg: Umidillo Abdurasulov – Baxtiyar Anarbaev (Qozog'iston)
-46 kg: Boburbek Bobojonov – Darxan Nurjigit (Qozog'iston)
-49 kg: Lazizbek To'lqinov – Sultan Moldash (Qozog'iston)
-52 kg: Dalerjon Bozorov – Shaxboz Dadajonov (Tojikiston)
-55 kg: Jahongir Narziev – Farhani Alirizo (Eron)
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov – Beksultan Kimsanov (Qirg'iziston)
-61 kg: Mirzob Nekboev – Baiel Samidin Uulu (Qirg'iziston)
-64 kg: Shavkatjon Boltaev – Jandos Ersultanov (Qozog'iston)
-67 kg: Shahboz Hamidullaev – Alsarxid Abdulaziz (Quvayt)
-70 kg: Aynazar Kenesbaev – Joon Bharat (Hindiston)
+70 kg: Husanboy Rihsiboev – Randip (Hindiston)