Jahon taekvondo federatsiyasi rahbari Toshkentga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 354
Ertadan poytaxtimiz yana bir yirik sport musobaqasiga mezbonlik qiladi.
Taekvondo bo'yicha kadetlar o'rtasida tashkil qilinayotgan mazkur jahon chempionatiga dunyoning eng kuchli terma jamoalari qatori xalqaro federatsiya mutasaddilari ham tashrif buyurmoqda. Biroz avval Toshkent xalqaro aeroportiga jahon taekvondo federatsiyasi rahbari Chung Van Choy ham tashrif buyurdi. Martabali mehmonni kutib olishda Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi mutasaddilari, sport jamoatchiligi va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati ertaga soat 09:00 da «Universal» sport saroyida boshlanadi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimi esa soat 17:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.