«PSJ» futbolchilari o'rtasida mojaro yuzaga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 733
"PSJ" yarim himoyachisi Marko Verratti Instagram'da parijliklar darvozabonlari — Alfons Areola va Kevin Trapp haqorat qilingan postga "like" bosdi.
"Areola va Trapp – ikki bo'lak axlat. Ularni sotib yuborib, yaxshi darvozabon — Navas yoki Onanani sotib olishimiz kerak", — deya yozilgan edi muxlisning izohida.
26 yoshli Areola o'tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida "PSJ" safida 31ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol o'tkazib yubordi. 29 yoshli Trapp esa ijara asosida "Ayntraxt"da o'ynadi. U 45ta o'yinda 61ta to'p o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!