«Lill» o'z tarixidagi rekord transferni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 447
"Lill" klubi "Trabzonspor" yarim himoyachisi Yusuf Yazijiyni sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Ushbu transfer 16,5 million evroga teng bo'ldi. Bu "Lill" tarixidagi eng qimmat transfer bo'ldi. Turkiyalik futbolchi frantsiyaliklar bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
22 yoshli futbolchi 2017 yildan beri "Trabzonspor" safida o'ynab kelayotgan edi. U trabzonliklar safida 100ta o'yinda maydonga tushib, ularda 22ta gol urdi va 21ta golga uzatma berdi. Yusuf Turkiya terma jamoasi safida 14ta o'yin o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!