«PSJ» Neymarni Evropaning 3ta jamoasiga ijaraga berishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 484
"PSJ" klubi yozgi transfer yopilgunga qadar Neymar bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, parijliklar rahbariyati futbolchini ijaraga olish borasida 3ta klub — "Real", "Yuventus" va "MYu"ga taklif yubordi. Avvalroq, "Barselona" Neymarni bir yilga ijaraga olishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo "PSJ" o'z hujumchisini "ko'k-anorranglilar"ga berishni istamayapti.
Eslatib o'tamiz, yakunlangan mavsumda Neymar "PSJ" safida barcha musobaqalar doirasida 28ta o'yinda maydonga tushib, ularda 23ta gol urdi va 13ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!