«Everton» «Barselona» etakchilaridan biriga ko'z tikdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 461
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, 31 yoshli futbolchiga "Everton" klubi qiziqish bildirmoqda. Avvalroq matbuotda ushbu yozgi transfer paytida xorvatiyalik futbolchiga "Inter", "PSJ" va "Manchester Yunayted" klublari tomonidan qiziqishlar bo'lgani haqida xabar tarqalgan edi.
Rakitich o'tgan mavsumda "Barselona" safida barcha musobaqalar doirasida 54ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 10ta golga uzatma berdi. Uning taxminiy narxi 40 million evro baholangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!