«Uotford» «Renn» hujumchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 368
"Uotford" "Renn" hujumchisi Ismaila Sarrni sotib olishga yaqin turibdi, deb xabar beradi L'Equipe.
21 yoshli senegallik futbolchining transfer summasi 30 million evroni tashkil qiladi.
Shuningdek, shartnomada 5 million evro miqdoridagi qo'shimcha bonuslar belgilanishi mumkin.
"Uotford" futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Sarr Frantsiya chempionatida 35 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 7 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!