A Seriyada mavsumning ilk iste'fosi yuz berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

"Empoli" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Paolo Zanettini iste'foga chiqarishga qaror qildi. “Roma”dan 0:7 hisobida uchralgan sharmandali mag'lubiyat uchun klub rahbarlari mutaxassisni kechirmadi.
Sky Sport jurnalistlarining xabar berishicha, klubdan hali bu haqda rasmiy xabar berilmagan bo'lsa-da, tomonlar hamkorlikni to'xtatgan. "Empoli"ning yangi boshqaruvchisi Aurelio Andreatzoli bo'lishi kerak, u avvalroq jamoa bilan ishlagan.
Klub Italiya chempionatining yangi mavsumini omadsiz boshladi. Jamoa to'rtta mag'lubiyat alamini totib ko'rdi, umumiy to'plar farqi 0:12.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!