Messi olgan jarohatiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 694

"Barselona" sardori Lionel Messi olgan jarohati haqida ma'lumot berdi.
"Men jamoa mashg'ulotlariga qo'shilishni istagandim, ammo ilk mashg'ulotdayoq jarohat oldim. Bir qancha vaqt davomida mashg'ulotda ishtirok eta olmayman. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. AQShga yo'l olishni istagandim, ammo bu safar nasib qilmagan ekan. Tez orada ko'rishamiz. Sizlarni bag'rimga bosib qolaman", - deya yozdi Messi o'zining instagramdagi sahifasida.
Messi Barselonada qolib, individual ravishda shug'ullanadi. U La liganing 1-turida bo'ladigan "Atletik"ga qarshi o'yingacha tayyor bo'lishni istamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245